» » » Iqtisodiyot faolligining ayrim ko‘rsatkichlarining haftalik dinamikasi

Iqtisodiyot faolligining ayrim ko‘rsatkichlarining haftalik dinamikasi

31 январь 2022, Понедельник
192
0

   Iqtisodiy faollik 2022-yil 17-23-yanvarda joriy yilning 1-haftasiga nisbatan jonlangani kuzatildi. Xususan:

Bojxona statistikasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2022-yilning 17-23-yanvar kunlari tovarlar eksporti hajmi 204,6 mln dollarni hamda tovarlar importi hajmi esa 473,5 mln dollarni tashkil qildi.

   Kuzatilayotgan ushbu davrda tovarlar eksporti hajmining 82 foizi asosiy 5 ta tovarlar guruhiga to‘g‘ri kelib, jami 167,3 mln dollarni tashkil qilmoqda. Xususan, 69,6 mln dollarlik metall va metall buyumlar, 39,0 mln dollarlik kalava ip, 34,9 mln dollarlik to‘qimachilik mahsulotlari, 15,3 mln dollarlik meva-sabzavot mahsulotlari va 8,6 mln dollar miqdordagi oziq-ovqat mahsulotlari eksport qilingan.

   Import tovarlari guruhida esa eng katta ulushga ega bo‘lgan 5 ta tovarlar hajmi 295 mln dollarni tashkil etdi. Bular:

Transport va uning ehtiyot qismlari (81,5 mln dollar), texnologik asbob va uskunalar (72,7 mln dollar), metall va metall buyumlar (56,9 mln dollar), farmatsevtika mahsulotlari (48,0 mln dollar) hamda elektrotexnika va uning qismlari (35,8 mln dollar).

   Shuningdek, ushbu davrda “O‘zbekiston Respublikasi tovar-xomashyo birjasi”da ham yuqori likvidli mahsulotlarning sotilish hajmi o‘tgan yilning mos haftasiga nisbatan 1,4 barobarga o‘sishi kuzatildi. Jumladan, o‘tgan yilning mos haftasiga nisbatan avtomobil benzini 3,2 barobarga, mis katodi 2,0 barobarga, polietilen 1,9 barobarga, qora metallar prokati 1,6 barobarga oshgani qayd etildi.

   Joriy yilning 10-16-yanvar kunlari, iste'mol narxlari indeksi (INI) bo‘yicha inflyasiya darajasi 0,03 foizni, tashkil etdi (65 ta mahsulot va xizmatlar kesimida). Nooziq-ovqat mahsulotlari narxlari hafta davomida o‘rtacha -0,04 foiz miqdorida qayd etilgan, oziq-ovqat mahsulotlari hamda xizmatlar narxlari esa hafta davomida deyarli o‘zgarmagan.

    Hududlar kesimida sezilarli haftalik o‘sish sur'ati Farg‘ona (0,15%) va Navoiy (0,14%) viloyatlarida qayd etildi.

Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi

Axborot xizmati


Ишонч телефонлари

  • Тел: 79 223-81-39

Бошқарма билан боғланиш

  • Тел: 79 223-81-39
  • Факс: 79 223-80-25
  • E-mail: info@naveconomy.uz
  • 210100, Навоий, Навоий кўчаси 30а уй
© 2019 Навоий вилояти Иқтисодий тараққиёт ва камбағалликни қисқартириш бош бошқармаси