» » » Navoiy viloyatida hokim yordamchilari faoliyati yuzasidan birinchi chorak uchun daydjest

Navoiy viloyatida hokim yordamchilari faoliyati yuzasidan birinchi chorak uchun daydjest

08 апрель 2022, Пятница
140
0

Xatlov natijalariga ko‘ra:

Viloyatdagi 330 ta mahallada istiqomat qiluvchi 227 ming 804 ta xonadon hokim yordamchilari tomonidan xatlovdan o‘tkazilib, xonadonlar 4 toifaga ajratildi.

Jumladan,

1-toifa – oilaviy daromadi kam, ishsiz a’zolari bo‘lgan, o‘z ishini boshlashga qiziqishi katta, shuningdek, daromad topishga, kasb o‘rganishga harakat qilayotgan 14 ming 646 ta xonadon (6 foiz);

2-toifa – doimiy daromadga ega, qo‘shimcha daromad topish istagi bor 106 ming 036 ta xonadon (46 foiz);

3-toifa – nogironligi bor va kasal a’zolari bo‘lgan, boquvchisini yo‘qotgan hamda ijtimoiy himoyaga muhtoj 10 ming 419 ta xonadon (4 foiz);

4-toifa – iqtisodiy ahvoli yaxshi va o‘ziga to‘q 96 ming 702 ta xonadon (42 foiz).

Hokim yordamchilari tomonidan o‘rganilgan aholi xonadonlarida 101 ming 231 ta turli muammo, talab va istaklar aniqlandi.

Xususan:

  • 41 ming 826 nafar mehnatga layoqatli ishsizlar;
  • 18 ming 483 nafar ishlash istagi mavjud mehnatga layoqatli ishsizlar;
  • 2 ming 802 nafar kasb-hunar va tadbirkorlikka o‘qish istagi mavjud fuqarolar;
  • 7 ming 913 nafar tadbirkorlik bilan shug‘ullanish istagida bo‘lgan fuqarolar;
  • 12 ming 454 nafar kredit olishga istagi bo‘lgan fuqarolar;
  • 606 nafar kooperatsiya asosida ishlash istagi bo‘lgan fuqarolar;
  • 16 ming 528 nafar nogironligi mavjud xonadon a’zolari aniqlandi.

  Aholi bandligini ta’minlash bo‘yicha:

I chorakda hokim yordamchilari tomonidan 27 ming 720 ta ish o‘rinlari tashkil etish belgilangan bo‘lib, amalda 27 ming 289 nafar ishsizlarning bandligi ta’minlandi.

  • 8 ming 995 nafar fuqaro doimiy hamda tadbirkorlik subyektlariga ishga joylashtirildi;
  • 16 ming 833 nafar fuqaroning o‘zini o‘zi band qilishiga ko‘maklashildi;
  • 1 ming 461 nafar fuqaro haq to‘lanadigan jamoat ishlariga jalb qilindi.

  Tadbirkorlikni yo‘lga qo‘yish uchun o‘qish istagi mavjud 2 ming 813 nafar fuqarodan 1 ming 719 tasi kasb-hunarga o‘qitildi. Qolgan 1 ming 94 nafar fuqarolarni bosqichma-bosqich o‘qitish rejalashtirilgan.

Tadbirkorlik sohasi bo‘yicha:

I chorakda jami 21 ming 579 ta tadbirkorlik subyektlari faoliyat ko‘rsatmoqda.

Shundan,

  • 1 ming 75 ta kichik biznes subyektlari yangidan tashkil etildi;
  • faoliyat ko‘rsatmayotgan 145 ta korxonalar faoliyati qaytadan tiklangan.

I chorak davomida 1 ming 34 ta yangi kichik biznes subyektlarini tashkil etish belgilangan bo‘lib, amalda 1 ming 75 ta (104,0 foiz) tashkil etildi.

Xususan:

  • 651 ta mas’uliyati cheklangan jamiyat;
  • 256 ta xususiy korxona;
  • 161 ta oilaviy korxona;
  • 7 ta ishlab chiqarish kooperativi tashkil etildi.

Buning evaziga xo‘jalik subyektlarida 1 ming 85 ta yangi ish o‘rinlari yaratildi.

O‘tgan hisobot davrida 1 ming 64 ta (reja 574 ta) yakka tartibdagi tadbirkorlik subyektlari tashkil etildi.

Tijorat banklari tomonidan 11 ming 925 ta subyektga 453,8 mlrd so‘m kredit ajratildi.

Shundan, 1 ming 847 ta kichik biznes subyektlariga 243,7 mlrd so‘m miqdorida kredit mablag‘lari ajratilib, 2 ming 153 nafar ishsiz fuqarolarning bandligi ta’minlandi.

Bugungi kunda faoliyat ko‘rsatmayotgan tadbirkorlik subyektlari soni 938 tani tashkil qiladi.

Shundan,

  • 498 tasi ixtiyoriy tugatish jarayonida;
  • 440 tasining faoliyati tiklanadi.

O‘tgan 2 oy davomida 87 ta tadbirkorlik subyektlarining faoliyati qayta yo‘lga qo‘yildi.

Natijada 139 ta ishsiz fuqarolarning bandligi ta’minlandi.

Tadbirkorlik faoliyatini qo‘llab-quvvatlash davlat jamg‘armasi tomonidan tadbirkorlik subyektlarining 1 ming 999 ta loyihalariga 670,4 mlrd so‘mlik moliyaviy yordam ko‘rsatildi.

Nurota tumanidagi “JAMSHID ISLOMBEK NUR” oilaviy korxonasiga 400,0 mln so‘m kredit mablag‘i ajratildi hamda korxona faoliyati tiklangan holda 40 ta ish o‘rinlari saqlab qolindi.

Konimex tumanidagi “UCHTEPA CHORVA KLASTER” mas’uliyati cheklangan jamiyatining faoliyati Jamg‘arma tomonidan kompensatsiya berilishi hisobiga kengaytirildi hamda 5 ta yangi ish o‘rinlari yaratildi.


Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi

Axborot xizmati

Ишонч телефонлари

  • Тел: 79 223-81-39

Бошқарма билан боғланиш

  • Тел: 79 223-81-39
  • Факс: 79 223-80-25
  • E-mail: info@naveconomy.uz
  • 210100, Навоий, Навоий кўчаси 30а уй
© 2019 Навоий вилояти Иқтисодий тараққиёт ва камбағалликни қисқартириш бош бошқармаси