Murojaatlar bilan ishlashda amalga oshirilishi kutilayotgan natijalar yuzasidan HISOBOT
Bosh boshqarmaning ma’sul mutaxassislariga jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarining ijrosiga ma’suliyat bilan yondoshish, ularni sifatli va o‘z muddatlarida bajarilishini ta’minlash bo‘yicha tushuntirish ishlari olib borilmoqda.
2021-yil 20-yanvardagi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Qonunchilik hujjatlari ijrosini samarali tashkil etishda davlat boshqaruvi organlari va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari rahbarlarining shaxsiy javobgarligini kuchaytirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PF-6166-son Farmonining 1v-ilovasida keltirilgan vazifasidan kelib chiqib, Navoiy viloyat iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish bosh boshqarmasi va uning hududiy bo‘limlarida Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlash bo‘yicha mas’ul mutaxassislari har haftaning dushanba kuni bajarilayotgan ishlar bo‘yicha rahbariyatga axborot kiritib borish ishlari yo‘lga qo‘yildi.